Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YuNESKOning 10 yilda bir o‘tkaziladigan xalqaro tadbiri Toshkentda bo‘lib o‘tadi

YuNESKOning 10 yilda bir o‘tkaziladigan xalqaro tadbiri Toshkentda bo‘lib o‘tadi

2022-yilda Toshkent shahrida YuNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi (Global forum) bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi binosida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Tadbirda vazirlik rahhbariyati hamda YuNESKO Bosh qarorgohining Uzluksiz ta’lim siyosati va tizimlari bo‘limi boshlig‘i Chakrun Borxen va YuNESKO Bosh qarorgohining Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish dasturi mutaxassisi Diavara Roxayalar qatnashdilar.

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, har 10 yilda bir marta o‘tkaziladigan tadbir Toshkent shahrida o‘tkazilishi mamlakatda erishilgan yutuq va marralarni namoyish etish, maktabgacha ta’limni rivojlantirish modelini namoyish etish hamda eng yaxshi fikr va tajribalar almashish imkonini beradi.

Shuningdek, O‘zbekiston Jahon konferensiyasini o‘tkazadigan mamlakat sifatida so‘nggi 12 yil ichida ketma-ket ikkinchi va birinchi bo‘lib, erta rivojlanish sohasidagi muvaffaqiyatlar, hukumatning yosh bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga bo‘lgan sadoqati tufayli bu sohada «Jahon chempionlaridan biri» bo‘ldi, deb e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishning maqsadi a’zo davlatlarning kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta’limiga ziyoli jamiyat qurish va muntazam rivojlanish strategiyalarining muhim qismi sifatida qarovchi yangilangan siyosiy qarashlarini takomillashtirish va sarmoyalarini oshirilishiga erishishdir.

Shuningdek, matbuot anjumanida II Butunjahon konferensiyasi doirasida «Kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta’limi bo‘yicha Toshkent harakatlar dasturi»ni qabul qilish rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.

Toshkentda rejalashtirilayotgan yig‘ilish qatnashuvchilari a’zo davlatlar hamda hamkor davlatlar vakillaridan iborat bo‘ladi. Shuningdek, a’zo bo‘lmagan davlatlar, YuNESKO o‘zaro a’zolik kelishuvlarini yakunlagan BMT tizimidagi muassasalarning vakillari, xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari hamda boshqa nodavlat tashkilotlari va tizimlari, jamg‘armalar, ikki tomonlama muassasalar va shu kabi institutlar yig‘ilishga kuzatuvchi sifatida taklif qilinadi.

Umumiy qatnashuvchilar soni vakillar, kuzatuvchilar va YuNESKO Kotibiyati a’zolari va onlayn qatnashuvchilar bilan birgalikda 1500 tani tashkil etishi va onlayn orqali 500 nafar ishtirokchilar ham kuzatishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu darajadagi oxirgi tadbir 2010-yil 27-29-sentyabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring