Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10 yil davomida farzand kutgan oila biryo‘la uch egizakli bo‘ldi

10 yil davomida farzand kutgan oila biryo‘la uch egizakli bo‘ldi

Foto:«Uza.uz»

Andijonlik Muyassarxon Mamatqulova viloyat skrining markazida uch nafar egizakni dunyoga keltirdi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi. 

Baliqchi tumani Olimbek mahallasida yashovchi Javlonbek va Muyassarxon Mamatqulovlar oila qurganlariga qariyb o‘n yil bo‘ldi.

«O‘tgan ana shu yillar davomida ularga farzand ko‘rish nasib etmadi. Ko‘p davolanishdi, kimlardir ularga ajrashishni maslahat berdi.

Yaratganning marhamati bilan ular bir yo‘la uch egizakning ota-onasiga aylandi. Egizaklarga Fotima, Muhammadaziz va Zuhra deb ism qo‘yishdi. Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, ona va egizaklarning salomatligi yaxshi. Bir-ikki kun ichida uylariga ketish uchun ruxsat beriladi» deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring