Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizdagi tijorat banklari rahbarlariga Xalq banki tajribasi o‘rgatildi

Yurtimizdagi tijorat banklari rahbarlariga Xalq banki tajribasi o‘rgatildi

28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligida yurtimizdagi tijorat banklari rahbarlari ishtirokida «Tijorat banklari faoliyatida istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirishda aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan to‘plangan ijobiy tajriba» mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 

Seminar bank faoliyatida istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish, jumladan mazkur yo‘nalishda AT Xalq banki tomonidan to‘plangan ijobiy tajribalarni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Unda ustav kapitalida davlat ishtiroki mavjud 13 ta bankning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga AT Xalq banki Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari Farhod Salamov oxirgi to‘rt oy ichida Xalq banki tomonidan amalga oshirilayotgan yangiliklar xususida ma’lumot berdi. 

«Xalq banki mijozlari hisob raqamidagi mablag‘larni «Internet banking» va «Mobil banking» xizmatlari orqali bank ishtirokisiz o‘tkazish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, mijozlar o‘z hisob raqamidagi mablag‘larni Xalq banki mijozlariga 24/7-rejimda, uzluksiz, dam olish kunlari ham o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, bank mijozlari endilikda «bankda resurs yo‘q» degan holatlarga duch kelmasligi, ya’ni mijoz o‘z hisob raqamidagi mablag‘larni istalgan paytda tasarruf etishi mumkin. Bunda Xalq banki mijozi resurs bilan bog‘liq hech qanday muammoga duch kelmaydi»,-deyiladi xabarda.

Yuqorida qayd etilgan AT Xalq banki tizimida yo‘lga qo‘yilgan yangi tajribalar ustav kapitalida davlat ishtiroki mavjud banklar faoliyatida ham tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring