Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yalpi ichki mahsulot miqdori e’lon qilindi

Yalpi ichki mahsulot miqdori e’lon qilindi

2022 yilning I choragida yalpi ichki mahsulotning o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 foizni, shundan YaIM tarkibida sanoat – 5,7 foizni, xizmatlar – 6,9 foizni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari 2,8 foizni tashkil qilgan.

Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, YaIMning tushib ketmagani O‘zbekiston prezidenti va hukumati tomonidan geosiyosiy vaziyat bilan bog‘liq xatarlar yuzasidan o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar bilan bog‘langan.

Shuningdek, davlat budjeti daromadlari 41,9 trln. so‘mga ijro etilib, davlat budjetining jami xarajatlari 42,9 trln. so‘mni tashkil qilgan.

Ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan xarajatlar 23,5 trln. so‘mni tashkil etib, amalga oshirilgan jami xarajatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,4 foizga oshgan.

Joriy yil yanvar-mart oylarida jami qiymati 2 mlrd. 448 mln. dollar bo‘lgan xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, prognoz ko‘rsatkichi 167 foizga bajarilgan.

Eslatib o‘tish kerak, Moliya vazirligiga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonda YaIM hajmi 7,4 foizni tashkil qilgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring