Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umumiy ovqatlanish korxonalari yer-mulk solig‘idan ozod etiladi

Umumiy ovqatlanish korxonalari yer-mulk solig‘idan ozod etiladi

2021 yil 1 sentyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

Uning aytishicha, mazkur mazmundagi qonun loyihasi (Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritish) deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, birinchi va ikkinchi o‘qishlarda qabul qilindi.

Endi bu loyiha Senat yalpi majlisida tasdiqlanishi, keyin esa prezident tomonidan imzolanishi kerak. Shundan so‘ng kuchga kiradi va aynan shu davr uchun soliqlardan ozod etiladi.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig‘imlar bo‘yicha 2021 yil 15 avgust holatiga bo‘lgan mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar foizlarni to‘lamasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.

Solik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida bu qonun loyihasi ham deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, birinchi va ikkinchi o‘qishlarda qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring