Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi soliqchilarning to‘rtdan biri attestatsiyadan o‘ta olmadi

Toshkentdagi soliqchilarning to‘rtdan biri attestatsiyadan o‘ta olmadi

Foto: qo‘mita matbuot xizmati

Davlat soliq qo‘mitasida Toshkent shahar soliq organlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish yakunlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Uning yakunlariga ko‘ra, poytaxtdagi davlat soliq xizmati organlarining 1100 nafar xodimidan 43 foizi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi, 32 foizi shartli ravishda o‘tkazildi, 25 foizi esa sinovlardan yiqildi.

Avval xabar berilganidek, bo‘shab qolgan o‘rinlarga tanlov asosida yangi xodimlar qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring