Toshkentda 45 qavatli osmono‘par bino quriladi
Dunyoga mashhur «The Ritz-Carlton Hotel Company» lyuks klassidagi mehmonxonalar xalqaro tarmog‘i poytaxtimiz markazida barpo etilayotgan «Tashkent City» loyihalaridan birida ishtirok etadi. Bu haqda «uz24.uz» xabar berdi.
Mazkur loyiha doirasida qurilishi rejalashtirilgan 200 metrlik 45 qavatli bino nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi eng baland inshootga aylanadi.
Qurilish ishlari bilan «Murad Buildings» kompaniyasi shug‘ullanadi, Yaponiyaning «Nihin Sekkei» tashkiloti konstruksiya ishlarini o‘z zimmasiga olgan.
Qurilish jarayonlari, xarajatlar va muddatlar, sifat nazorati, ekologiya, xavfsizlik va mehnat muhofazasi esa Fransiyaning «Bureau Veritas» kompaniyasi, majmua tashqi qiyofasi va dizayni bilan «DP Architects» xalqaro arxitektura byurosi shug‘ullanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter