Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi «eng yupqa» osmono‘par bino — hamyoni semizlar uchun

Dunyodagi «eng yupqa» osmono‘par bino — hamyoni semizlar uchun

Nyu-Yorkda dunyodagi «eng yupqa» osmono‘par bino — Steinway Tower qurilishi yakunlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.

G‘arbiy yarimsharda balandligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda, bo‘yining eniga nisbati — 24:1.

Balandligi 435 metrli binoni SHoP Architects kompaniyasi qurdi. Osmono‘par 91 qavatli bo‘lib, unda atigi 46 ta xonadon bor (ularning orasida Studio Sofield kompaniyasi dizayni asosidagi ikki qavatlilari ham bor).

«Biz ko‘p hashamatli ko‘p joylarda bo‘lganmiz, men esa boshqa hech yerda uchramaydiganini qurishga ahd qildim. Bunaqasini faqat Nyu-Yorkda uchratasiz», — dedi Studio Sofield asoschis Uilyam Sofild.

Xonadonlardan tashqari, Steinway Tower binosida basseyn, shaxsiy oshxonalar, golf maydoni ham o‘simliklar ekilgan ayvon bor.

Steinway Tower xonadonlari narxi $7,55 milliondan $66 milliongacha.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring