Dunyodagi eng «ozg‘in» osmono‘par qurildi
Nyu-Yorkda yangi osmono‘par bino qurib bitkazildi, deb xabar berdi «Dezeen».
O‘ziga xosligi — bunaqa «ozg‘in» osmono‘par dunyoning boshqa yerida yo‘q.
Binoning balandligi taxminan 435 metr. G‘arbiy yarimsharda balandligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda, bo‘yining eniga nisbati — 24:1. Yaqinda qurib bitkazildi, ishchilar tashqi konstruksiyasiga so‘nggi qismlarni o‘rnatib bo‘lishdi.
Solishtirish uchun: Toshkentdagi teleminoradan 60 metr baland.
Osmono‘parning har bir qavatida turarjoylar joylashgan. Narxi ham balandligi chandon: studiyalar uchun — 875 ming dollardan boshlanadi, apartamentlar uchun 8 million dollargacha. Hali pentxauslarning narxlari e’lon qilinmadi.
Xabarlarga ko‘ra, binoda NFT, san’at buyumlarining mualliflik huquqlarini belgilashda qo‘llaniluvchi tokenlarning eng yirik muzeyi ochilishi ham mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter