Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda dunyodagi «eng burama» osmono‘par bino qurildi

Xitoyda dunyodagi «eng burama» osmono‘par bino qurildi

Dance of Light, Chunsin

Xitoyning Chunsin shahrida ofislar uchun mo‘ljallangan Dance of Light («Yorug‘lik o‘yini») osmono‘par binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Dezeen.com xabar berdi.

Dance of Light, Chunsin

Balandligi 180 metrli va 39 qavatdan iborat ushbu bino shaharning Szyanbey tumanida joylashgan.

Fasadi burama shakldagi binoni Aedas me’morchilik studiyasi loyihalashtirgan. Studiya ma’lumotiga ko‘ra, binoning har bir qavati 8,8 darajagacha «buralish burchagi»ga ega — ya’ni dunyodagi shu kabi istalgan binoga nisbatan ancha ko‘p buralgan.

Binoning 34 qavati ofislar uchun ajratilgan, qolgan beshta etaji konferens-zallar va tadbirlar uchun mo‘ljallangan. Baland binoga tutash pastki blokda restoran va kafelar bor.

Dance of Light, Chunsin

«Dance of Light konsepsiyasi shimoliy qutb yog‘dusi tabiat hodisasi, nur o‘yiniga qurilgan. Binoning har ikki tomonida ikki qarama-qarshi burilish uyg‘unlashgani sababli uning fasadi shahar fonida doim o‘zgarib turadi», — dedi Aedas bosh dizayneri Ken Vay.

Burama shakldagi osmono‘par binolarning eng balandi Dubayda —  Infinity Tower («Cheksizlik minorasi») balandligi 306 metr, qavatlari 76 ta. Biroq uning og‘ish burchagi 1,2 darajaga teng.

Infinity Tower, Dubay

Malmyo (Shvetsiya)dagi Turning Torso — dunyodagi eng birinchi spiral shakldagi binolardan biri. Ispan me’mori Santyago Kalatrava loyihalashtirgan 190 metrli, 54 qavatli ushbu bino 2005-yilda qurib bitkazilgan.

Turning Torso, Malmyo
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring