Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank»ning 6 oyda qancha foyda olgani haqida ma’lumot berildi

«O‘zmilliybank»ning 6 oyda qancha foyda olgani haqida ma’lumot berildi

«O‘zmilliybank» AJ aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida bankning 2022-yil I yarim yilligi yakuniga ko‘ra olgan 985,96 mlrd. so‘m sof foydasini taqsimlash qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, aksiyadorlar I yarim yillikda olingan 985 mlrd. 961 mln. so‘mdan ortiq  sof foydani to‘liq bank kapitaliga yo‘naltirishga kelishib olishgan.

Shunga ko‘ra, bankning nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘m bo‘lgan 936 663 242 dona umumiy qiymati 936 mlrd 663,2 ming so‘mlik egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz shakldagi qo‘shimcha aksiyalari chiqariladi.

Aksiyadorlarga dividend shaklida chiqariladigan aksiyalarga sarflangan mablag‘dan qolgan 49,3 mlrd so‘m esa tegishli soliq to‘lovlariga yo‘naltiriladi. 

Qo‘shimcha chiqarilayotgan aksiyalar yopiq obuna orqali 2022-yil 26-sentyabr holatiga shakllantirilgan reyestrdagi aksiyadorlar ulushlariga mutanosib ravishda, ya’ni Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga 555,2 mlrd. so‘m va Moliya vazirligiga 381,43 mlrd. so‘m ulushda joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zmilliybank» AJ 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-sonli qaroriga asosan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki negizida tashkil qilingan edi.

Bank ta’sischilari davlat nomidan Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring