O‘zmilliybank tomonidan Humo va UzCard integratsiyasi yakunlandi
O‘zmilliybank mijozlari uchun yana bir qulay imkoniyatni taqdim etadi. O‘zmilliybankning Humo va UzCard bankomatlari integratsiyasi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi.
Xo‘sh, bu nima degani? Mazkur tizimning mijozlar uchun afzalligi nimada? Endilikda mijozlar har ikki tizim kartalari orqali bankning istalgan bankomatidan pullarni naqdlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Ushbu imkoniyat Respublika bo‘ylab bankka tegishli barcha bankomatlarda mavjud bo‘lib, ulardan nafaqat UzCard va Humo milliy to‘lov tizimlarining kartalaridan, balki VISA, Mastercard, UnionPay xalqaro bank kartalari orqali ham naqd pul mablag‘larini yechib olish mumkin.
Bu bank mijozlarining ortiqcha ovoragarchiligiga chek qo‘yib, ularga yanada qulaylik yaratadi. Ya’ni bank mijozlari bundan keyin vaqtlarini ortiqcha sarf etmaydi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, yurtimizda o‘rnatilgan 566 ta bankomatlarning 35 tasi VASh bankomatlari bo‘lsa, 531 dona bankomat UzCard va Humo kartalarini qabul qiladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zmilliybank mijozlarga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatishdan doim manfaatdor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter