«O‘zmilliybank» raisligida ShHT Banklararo uyushmasi kengashining XVIII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ – «O‘zmilliybank» raisligida ShHT Banklararo uyushmasi kengashining XVIII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston poytaxti yana bir bor ShHTning yetakchi bank-moliya doiralari uchun ham mintaqaviy, ham global miqyosda ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashuv maydoniga aylandi.
Anjumanda ShHT tarkibidagi a’zo davlatlar – Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi hamda kuzatuvchi maqomiga ega Mo‘g‘uliston va Belarus vakillari, shuningdek, xalqaro moliyaviy institut – Yevroosiyo taraqqiyot banki mutasaddilari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida 2 muhim strategik ahamiyatga ega hujjat – «Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo uyushmasiga a’zo davlatlarning o‘rta muddatli istiqboli – 2022-2027 yillarga mo‘ljallangan mintaqa doirasida iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha Qo‘shma harakat rejasi» hamda «ShHT Banklararo uyushmasiga a’zo davlatlarning moliyaviy sohada birgalikdagi faoliyati va hamkorligiga oid hadli tamoyillar» ishlab chiqildi.
Ushbu hujjatlar ShHT hududida istiqbolli qo‘shma infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirishda a’zo banklar savdo aylanmasini o‘stirish va investitsiya hamkorligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish orqali uyushma faoliyatini takomillashtirishga, qolaversa, tashkilot maydonida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida taqdim etilgan muhim hujjatlar Kengash tomonidan tasdiqlandi va ShHT davlat rahbarlari sammiti natijasiga ko‘ra qabul qilinadigan Samarqand deklaratsiyasiga kiritilishi ma’qullandi.
2022-2023 yillarda ShHT Banklararo uyushmasi Kengashiga raislik joriy yil oktyabr oyidan Hindiston infratuzilmaviy moliyaviy kompaniyasiga o‘tadigan bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter