Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi faoliyatini tubdan o‘zgartirish lozim — Prezident

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi faoliyatini tubdan o‘zgartirish lozim — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda tarmoq rahbarlari va hokimlarga yirik korxonalar bilan cheklanmasdan, sohadagi barcha tadbirkor bilan ishlashni o‘rganishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois «O‘zeltexsanoat» uyushmasining faoliyatini tubdan o‘zgartirish lozimligi ta’kidlandi.

Xususan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan tovarlarni aniqlash, ular bo‘yicha loyiha qilib, tadbirkorlarga berish; sohadagi standartlarni xalqaro talablarga moslab, tadbirkorlarga joriy qilish va sertifikat olishda ko‘maklashish uyushmaning asosiy vazifalari bo‘lishi zarur.

Shuningdek, injener-texnolog va o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash bo‘yicha oliygoh va texnikumlarga buyurtma berish, ularning dasturlarini birgalikda ishlab chiqish; mahalliy korxonalardagi istiqbolli mutaxassislarni xorijiy ilg‘or kompaniyalarga stajirovkaga jo‘natish uyushma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lishi lozim.

Prezident «O‘zeltexsanoat» uyushmasining unga yangi a’zo bo‘lganlardan 2 yil, aylanmasi 10 milliard so‘mdan kam korxonalardan esa umuman badal olmaslik, ularning mahsulotlarini «Eltex Lab» laboratoriyasida bepul sinovdan o‘tkazish bo‘yicha takliflarni qo‘llab quvvatladi.

Elektrotexnika loyihalari uchun xorijdan 200 million dollar resurs jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

Umuman, bu yil 85 ta loyiha doirasida sim karta, to‘lov kartasi, keng turdagi maishiy texnika, transformator, televizor, quyosh paneli va yoritish uskunalari, elektr skuterlar uchun akkumulyator, litiy batareyasi, lazer bilan kesish uskunalarini ishlab chiqarishni boshlash vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring