Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Visa» va «Mastercard» to‘lov tizimlari joriy etiladi

O‘zbekistonda «Visa» va «Mastercard» to‘lov tizimlari joriy etiladi

Foto: «Fast Company»

O‘zbekistonda ushbu yilning 1-sentabriga qadar elektron pullar oborotni tartibga soluvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston Prezidenti qaroriga muvofiq, yangi qonun loyihasi ishlab chiqishga Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va yana bir qator boshqa muassasalar javobgar bo‘ladi.

Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiyalar markazida blokcheyn texnologiyalari vakolat markazi yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Blokcheyn (blockchain) — tarqatilgan ma’lumotlar bazasi tizimi.

Ushbu markazning asosiy vazifasi «blokcheyn» texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish, ushbu sohada mahalliy mutaxassislar yetishtirish va sohani o‘zlashtirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash kiradi. Rejaga ko‘ra, markaz 2018-yilning 1-sentabridan ishga tushishi kerak.

Tashabbusning yana bir muhim jihati — Prezident Respublika hududida kontaktsiz elektron to‘lovlar tizimini rivojlantirishni topshirdi. Jumladan «PayPal», «Alipay», «Visa» va «Mastercard» kabi xalqaro to‘lov tizimlari yordamida ham. Elektron to‘lovlar tizimi 1-iyunga qadar ishlab chiqarilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, oldin O‘zbekiston Markaziy banki virtual mablag‘lar borasida salbiy fikr bildirgan edi. Keyinroq Bosh vazir Abdulla Aripov Qozog‘istondagi forumda O‘rta Osiyo mamlakatlarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni qo‘llab-quvvatlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring