Bitkoin kursi yangi rekord narxni qayd etdi

21-may kuni AQShda steyblkoinlar to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi kutilayotgan bir paytda bitkoin kursi rekord darajaga yetdi.
Bitkoin narxi 1,8% ga oshib, 108 949 ming dollarni tashkil etdi. Savdolar davomida u 109 497 ming dollargacha ko‘tarildi, bu tarixdagi yangi rekord ko‘rsatkichdir. Avvalgi rekord 20-yanvarda AQSh prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi kuni o‘rnatilgan edi.
AQSh Senati Genius qonunining yangi versiyasini ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi. Hujjat an’anaviy valyutalarga bog‘langan steyblkoinlar - kriptoaktivlarni federal tartibga solishni nazarda tutadi. Endi u keyingi muhokamaga o‘tadi. Qonun loyihasi mualliflari u shu haftadayoq qabul qilinishi mumkinligiga umid qilmoqda.
“Biz Tramp ma’muriyatidan kriptovalyuta sanoatiga yangi yondashuvni ko‘ryapmiz”, dedi Galaxy Digital kompaniyasidan Maykl Novogratsz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter