O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,7 foizga o‘sdi
2022-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 888,3 trln. so‘mni tashkil etdi.
Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
Bu ko‘rsatkich 2021-yil bilan taqqoslaganda 5,7 foizga o‘sdi.
2022 yilda aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 24,9 mln. so‘m (2 255 AQSh dollari)ni tashkil etib, 2021-bilan taqqoslaganda 3,5 foizga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, Moliya vazirligi 2021-yili O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,4 foizga o‘sganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter