«O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2019 yil 29 iyunda «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosida aksiyadorlarning 2018 yil yakunlariga bag‘ishlangan yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi raisi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov boshqardi.
Yig‘ilishda yil yakunlari sarhisob qilingan holda, kun tartibidagi masalalar yuzasidan aksiyadorlarga batafsil hisobot berildi. Yig‘ilishda jami ovoz beruvchi oddiy aksiyalarning 78,70 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar 6 306 980 dona ovoz bilan ishtirok etdi.
Yig‘ilish tahliliy -tanqidiy ruhda o‘tdi hamda jami 15 ta masala ko‘rib chiqildi.
Jumladan, «O‘zbekiston pochtasi» AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash, Aksiyadorlik jamiyatning sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash, Aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari haqida jamiyat rahbariyatining yillik hisoboti, «O‘zbekiston pochtasi» AJ faoliyatining 2018 yil yakunlari bo‘yicha taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash, jamiyat tomonidan 2018 yil yakunlari bo‘yicha ko‘rilgan sof foydani (zararni) taqsimlash va boshqa dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar jarayonida aksiyadorlar tomonidan umumiy yig‘ilish vakolatiga daxldor dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar konstruktiv muhokama etilgach, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter