O‘zbekiston ikki oyda 113,7 mln. dollarlik meva-sabzavot eksport qildi
2022-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston qiymati 113,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 164 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 33 ming tonnaga oshgan.
Yanvar-fevral oylarida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:
- meva va rezavorlar – 19,2 ming tonna;
- quritilgan meva va rezavorlar – 8,7 ming tonna;
- sabzavotlar – 100,4 ming tonna;
- qalampir – 2,6 ming tonna;
- pomidor – 12,5 ming tonna;
- uzum – 9,5 ming tonna;
- mayiz – 15,2 ming tonna;
- yeryong‘oq – 4,2 ming tonna;
- tarvuz-qovun – 337 tonna.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter