Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston ikki oyda to‘qimachilikdan yarim milliard dollar foyda ko‘rdi

O‘zbekiston ikki oyda to‘qimachilikdan yarim milliard dollar foyda ko‘rdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida qiymati 519,4 mln AQSh dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan

 Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 14,3 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 foizga oshgan. 

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,4 %), kalava-ip (47,7 %) asosiy ulushni egallagan. 

 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 496 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 52 ta davlatiga eksport qilingan. 

To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida: 

- Kalava-ip – 247,8 mln 

- Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 194,4 mln 

- Trikotaj mato – 42,8 mln 

- Gazlamalar – 26,8 mln 

-Paypoq mahsulotlari – 7,7 mln. 

Avaalroq respublikaning meva-sabzavot eksporti haqida ma’lumot berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring