Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OKMKda o‘zgarishlar: «Qalmoqqir» va «Yoshlik-1» oltin-mis konlari birlashtiriladi

OKMKda  o‘zgarishlar: «Qalmoqqir» va «Yoshlik-1» oltin-mis  konlari birlashtiriladi

Foto: Xabar.uz

10-avgust kuni Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga press-tur uyushtirildi. Press-tur mobaynida «Qalmoqqir» va «Yoshlik-1» konlariga, shuningdek 3-sonli mis boyitish fabrikasi faoliyati bilan tanishildi.

2020-yilda Qalmoqqir konidan rejalashtirilgan deyarli 29 million metr kub tog‘ jinslari qazib olingan bo‘lsa, 2021-yilga kelib ushbu reja ko‘rsatkichi 30 million metr kub qilib belgilangandi. «Yoshlik-1» konini o‘zlashtirish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda.

Xabaringiz bor bu ikki konni birlashtirib dunyodagi eng katta ochiq konga aylantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi. Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, ushbu birlashtirish loyihasi 2028 yilgacha ko‘zda tutilgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunda Olmaliq loyihasi («Qalmoqqir» va «Yoshlik-1») dunyoda oltin miqdori bo‘yicha 1-o‘rin, ruda tarkibidagi oltin bo‘yicha 2-o‘rin, ruda hajmi bo‘yicha 3-o‘rin (19,5mlrd tonna) ma’dandagi mis miqdori bo‘yicha 6-o‘rinni egallamoqda.

Bundan tashqari, OKMK tarkibidagi 3-Mis boyitish fabrikasining qurilishi ham jadal tarzda ketmoqda. 2020-yilda 38 ta loyiha bo‘yicha dastur doirasida 90 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

MTMZda mahalliylashtirish doirasida mahsulot ishlab chiqarish tizimli ravishda kengaytirib borilmoqda. 2018-2021-yillarda 93 ta yangi mahsulot turlari o‘zlashtirilgani ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring