Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armaga direktor tayinlandi
Hukumat qarori bilan Abdurashid Abdurahmonovich Isroilov Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamentining direktori etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Jamg‘armaning asosiy vazifasi davlat xaridi uchun qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida olish uchun qarz mablag‘lari ajratish hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter