Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltita tumanda qayta ishlovchi oziq-ovqat sanoat parklari tashkil etiladi

Oltita tumanda qayta ishlovchi oziq-ovqat sanoat parklari tashkil etiladi

O‘zbekiston prezidenti o‘tkazgan agrar sohada yil yakunigacha kutilayotgan natijalar va kelgusi yildagi vazifalar yuzasidan yig‘ilishda meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlashdagi muammolar tilga olindi.

Ta’kidlanishicha, hozircha bu boradagi ko‘rsatkich past. Bog‘ va uzumzorlarning 20 foizida, sabzavot maydonlarining atigi 7 foizida intensiv usul joriy qilingan.

Shu bois oziq-ovqat sanoatida 2 ming 163 ta loyiha shakllantirilgan. Ularning natijasida 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importi qisqarib, eksport imkoniyati ochiladi. 37 mingdan ziyod kishi ish bilan ta’minlanadi.

Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shilgan qiymatni bemalol 3-4 baravarga oshirish mumkinligini ta’kidladi. Mirzaobod, Denov, Parkent, O‘rta Chirchiq, Urganch va Quva tumanlarida shunga ixtisoslashgan oziq-ovqat sanoat parklarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring