Markaziy Osiyo davlatlari oziq-ovqat narxini barqarorlashtirishmoqchi
Markaziy Osiyo davlatlari mintaqada oziq-ovqat narxlari oshib ketishiga qarshi keskin choralar ko‘rish kerakligi bo‘yicha kelishib olishgan.
Kecha, 20 may kuni MDH davlatlari bosh vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston (Abdulla Aripov), Ozarbayjon (Ali Asadov), Belarus (Roman Golovchenko), Qirg‘iziston (Oqilbek Japarov), Qozog‘iston (Alixon Smailov), Rossiya (Mixail Mishustin), Tojikiston (Qohir Rasulzoda), shuningdek, Armaniston, Turkmaniston hukumati vakillari, MDH ijroqo‘mi raisi Sergey Lebedev qatnashgan.
Yig‘ilishda qozoq bosh vaziri Alixon Smailov dunyodagi inqiroziy holat oziq-ovqat narxlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aytib, bunga qarshi keskin choralar ko‘rishni taklif qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jahondagi oziq-ovqat narxlari o‘tgan yilgi aprel oyidagi narxlardan 30 foizga oshgan.
Muammoni hal qilish uchun qishloq xo‘jaligi bozorlaridagi adolatsiz mintaqaviy raqobatni tushirib, davlatlararo birlashma yoki qishloq xo‘jaligi loyihalari uchun qo‘shma korxona tuzish taklif qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter