Jizzaxda 200 gektarlik golf kompleksi qurilmoqda

2019 yilning 13 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol targ‘ib qilish, turizm tarmog‘ining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda respublikaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar sonini keskin ko‘paytirish maqsadida PF-5781 sonli Farmoni qabul qilingan.
Ushbu Farmon orqali qator muhim qarorlar qabul qilindi.
Shunga ko‘ra, Toshkent viloyatida Janubiy Koreyaning «Ceok Tae Global» kompaniyasi tomonidan 1,3 ga yerda elektron golf klub qurilmoqda. Jizzax viloyatida Janubiy Koreyaning «Mirasmanda Golf resort» kompaniyasiga golf kompleks qurish uchun 200 ga yer ajratildi.
Manba: jizzax.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter