Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamshid Xo‘jayev ogohlantirildi, vazir o‘rinbosari va agentlik rahbari ishdan olindi

Jamshid Xo‘jayev ogohlantirildi, vazir o‘rinbosari va agentlik rahbari ishdan olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalaridagi muammolarni sanab o‘tar ekan, kompleks uchun mas’ul Bosh vazir o‘rinbosari J.Xo‘jayev chorak yakunigacha o‘zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

O‘z tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari B.Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari D.Sattarov lavozimidan ozod qilindi.

Investitsiya kompleksiga kiruvchi vazir va hokimlarning rejalari va natijalari sust bo‘lgan o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilib, ularga aniq KPI belgilanishi va shundan keyin bir yil muddatga shartnoma asosida ishga olinishi belgilandi. Natijaga qarab shartnoma uzaytiriladi yoki bekor qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring