Iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar qimmatlab bormoqda
2023-yilning oktyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1 foizga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
2023-yilning oktyabr oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,3 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 1 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgani kuzatilgan.
Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9 foizga yetdi.
Yil boshidan buyon iste’mol sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 6,2 foizga o‘sgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter