Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tovarlar va xizmatlar narxi bir oyda qanchaga oshgani aytildi

Tovarlar va xizmatlar narxi bir oyda qanchaga oshgani aytildi

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 % ga qimmatlashgan.   

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2024-yil yanvar oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 9,9 % ni tashkil etgan.  

2025-yilning yanvar oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,8 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 1,1 % ga oshgani kuzatilgan.  

Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida 120 mingdan ziyod narxlar qayd etilgan.  

420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring