Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hududlarga ishchi guruhlari bordi

Hududlarga ishchi guruhlari bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha yangi imkoniyat va zaxiralarni aniqlash uchun hududlarga ishchi guruhlari bordi.

Misol uchun, Toshloqda yil yakunigacha qo‘shimcha 1 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati aniqlandi.

Jumladan, ishlab chiqarishni kamaytirgan 23 ta sanoat korxonasida quvvatlarni tiklash hisobiga 900 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha  barcha hisob-kitoblar bor. Tumandagi 22 ta yangi loyihani ishga tushirishni tezlashtirish evaziga qo‘shimcha 50 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni bor.

Yana bir imkoniyat – tumanlarda sanoat kooperatsiyasini kengaytirib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish.

Masalan, «Olmaliq» kombinati mahalliy sanoat korxonalari bilan kooperatsiyani yo‘lga qo‘yib, polimer, quyma ehtiyot qismlar, kimyoviy reagent kabi 1 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Xuddi shunday imkoniyatlar Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Xorazmda ham mavjud.

«Lekin bu borada viloyat hokimlarining mahalliylashtirish bo‘yicha yordamchilari ishi mutlaqo sezilmayapti. Ularda na taklif, na tashabbus bor», - dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring