Har bir sohaga ilm kerak — «Agrobank» kitoblar to‘plamini taqdim etdi
Zamonaviy dunyoda har bir soha, shu jumladan qishloq xo‘jaligi ham ilmga borib taqaladi. «Agrobank» o‘zining navbatdagi kitoblar to‘plamini nashrdan chiqardi. Unda 40 ta kitob mavjud bo‘lib, o‘simliklar himoyasi, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha eng kerakli ma’lumotlar qayd etilgan.
Jahon miqyosida aholining oziq-ovqat xafsizligini ta’minlashda agrar sohaning o‘rni va ahamiyati juda katta. Global bozorlardagi maydonlarda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari uchun xomashyo hisoblangan bug‘doy, soya, makkajo‘xori narxi oshib bormoqda.
Dunyo bozorlarida yuzaga kelayotgan bu kabi holatlar mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarblik kasb etmoqda.
«Agrobank» ATB respublika qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanishiga hissa qo‘shish uchun nafaqat moliyaviy, balki ijtimoiy loyihalar bilan ham agrar sohaga sarmoya kiritishi e’tiborga molikdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter