Global qarz 253 trillion dollarga yaqinlashdi — defolt xavfi yanada oshdi
Global qarz miqdori 2019-yilning uchinchi choragi oxiriga kelib rekordni yangiladi va 253 trillion dollarga yaqinlashib qoldi. Bu haqda «Lenta.ru» xabar berdi.
Past foiz stavkalari bois butun dunyoda davlatlar va korporatsiyalar qarz olishni ko‘paytirib yuborgani ushbu holatga olib keldi. Oldindan ko‘rib bo‘lmas vaziyatlar bois, iqtisodchilar tomonidan, defolt yuz berishi ehtimoli oshib borayotgani taxmin qilinyapti.
Xalqaro moliya instituti baholashicha, global qarz miqdori jahon YaIMning 322 foiziga yetdi va tinmay o‘smoqda. Agar bu ko‘rsatkich 2019-yil ikkinchi choragida 250,9 trillion dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilning birinchi choragida 257 trillion dollardan oshib ketishi kutilmoqda.
Iqtisodchilarga ko‘ra, jahon qarzlari bo‘yicha vaziyatga Xitoy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 2017-2018-yillarda ushbu mamlakat iqtisodiyoti o‘sishi susayishi ortidan, 2019-yilda qarzlari ko‘payishni boshladi. Ayni paytda XXRda uy xo‘jaliklari qarzdorligi mamlakat YaIMning 55 foiziga yetdiki, bu ham o‘ziga xos rekord sanaladi. Xitoyning umumiy qarzi esa YaIMning 310 foiziga yaqinlashmoqda, bu rivojlanayotgan mamlakatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan (salbiy ma’noda, albatta) biri hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter