«Bloomberg»: Rossiya uch yo‘ldan birini tanlaydi
Rossiyada ertaga, 150 mlrd. dollar tashqi qarz bilan, defolt yuz berishi mumkin. Bu haqda «Bloomberg» bugun, 15-mart kuni xabar berdi.
Ertaga Rossiya hukumati va ayrim kompaniyalar navbatdagi qarzdorlik to‘lovlarini dollarda to‘lashi shart.
Agentlik prognoziga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urushayotgan Rossiya iqtisodiyotida buyog‘iga uch ssenariydan biri amalga oshadi:
- Rossiya qarzini dollarda uzadi. Shu tariqa, defolt kamida navbatdagi to‘lov muddati — 4 aprelgacha suriladi.
- Rossiya qarzini rublda uzadi — ayrim shartnomalar bo‘yicha bu mumkin. Xususan, chorshanba kuni faqat valyutada amalga oshirilgan to‘lov qabul qilinadi, aks holda bu defoltni anglatadi.
- Rossiya 16 mart kuni hech qanday qarzni to‘lamaydi. Chorshanba kungi to‘lov amalga oshirilmasligi ortidan 30 kunlik imtiyozli davr boshlanadi, keyin esa defolt: shundoq ham moliya bozorlaridan uzib qo‘yilgan RF to sud jarayonlari tugab, qarzini uzmagunicha butunlay uzib qo‘yiladi.
Rossiya moliya vaziri ertangi to‘lov kuponlari uchun 117 mln. dollar o‘tkazishga buyruq bergan, biroq qaysi valyutadaligi ochiqlanmagan. Umuman olganda, RFning tashqi suveren qarzi 40 mlrd. dollar atrofida baholangan.
Rus kompaniyalarining tashqi qarzlari ko‘p. Qarzlarning eng kattasi «Gazprom»da — 25,4 mlrd. dollar atrofida.
«Bloomberg» bu kompaniyalar offshor zonalaridagi zaxiralari hisobiga valyuta qarzdorliklariga barham berishi mumkinligini inkor etamayapti.
Ayrim Rossiya kompaniyalarining qarzlari
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter