Bloomberg: Rossiya defoltga uchradi
Bloomberg nashri dushanba kuni Rossiya Federatsiyasi suveren qarz bo‘yicha defoltga uchragani haqida xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, 100 million dollarlik kuponlarni to‘lash muddati 27-iyunga o‘tar kechasi tugagan.
Agentlikning ta’kidlashicha, agar investorlar kelishilgan mablag‘larni belgilangan muddat oxiriga qadar olmasa, bu holat defolt hisoblanadi. Shuningdek, bunday holat 1918-yildan beri birinchi marta kuzatilayotgani qayd etilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, defoltning o‘zi «ko‘proq ramziy ma’noga ega va rossiyaliklarni kamroq tashvishga solmoqda», ular milliy iqtisodiyotdagi boshqa muammolardan xavotirda.
Masalan G7 davlatlari Rossiya oltinidan voz kechishga qaror qilmoqda, bu ruslarni katta daromaddan mahrum qiladi.
Bloomberg kuni kecha Rossiya defoltga yaqinlashayotganini qayd etgandi. Defoltni Rossiya rasman e’lon qilmaydi, biroq investorlar o‘z pullarini olishmasa, majburiyatlarni bajarmaganlik fakti yuzaga keladi, deyiladi OAV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter