Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeOIIga a’zolik va mevalar eksporti: inspeksiya rahbari nima deydi?

YeOIIga a’zolik va mevalar eksporti: inspeksiya rahbari nima deydi?

Foto:«Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Toshloq tumanidagi «Uz-Segang» qo‘shma korxonasida ham bo‘lgan edi. 

Prezidentimiz tashrifidan so‘ng ushbu korxonada bo‘lgan O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ibrohim Ergashev jurnalistlarga intervyu berdi. 

- O‘zbekiston YeOII tashkilotiga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishga yaqin turibdi. Bu mevalar esporti va fitosanitar talablariga qanday ta’sir qiladi?

-Bizning tashkilot o‘simliklar karantini va davlatlar o‘rtasidagi mevalar eksportini nazorat qilishga mas’ul sanaladi. Biz hozirda Rossiya, Qozog‘iston davlatlari bilan hamkorlikni o‘z qonunchiligimizdagi talablar asosida rivojlantirish yo‘llari ustida ishlayapmiz. Biz ittifoq davlatlari talablirga  moslashish bo‘yicha besh yillik konsepsiyani ishlab chiqdik. 

«Uz-Segang» qo‘shma korxonasidagi eksportbop giloslar. Foto:Xabar.uz

-Keyingi paytlarda qishloq xo‘jaligiga xavf solishi aytilayotgan chigirtka muammosi haqida nima deya olasiz?

-To‘g‘risini aytganda chigirtka muammosi tashkilotimiz ob’yektiga kirmaydi. "O‘zagrohimoya" tashkiloti bunga mas’ul sanaladi. Lekin inspektorlarimiz bu masala yuzasidan ham tekshiruv va  aholi orasida tushuntirish ishlarini olib boryapti. 


Mavzu doirasida: Yirik mojaro — Qirg‘iziston YeOIIdan chiqib ketishi mumkin


-YeOIIga a’zolik boshqa xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarga ta’sir qilmaydimi? Deylik Jahon savdo tashkilotiga. 

-YeOIIning talablari bilan bilan ko‘plab xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, jumladan JST talablari bilan o‘xshash. YeOIIga a’zo davlatlar tarixiga e’tibor bersak, ular JSTga ham kirganlar. 

O‘simliklar karantini sohasidan olib qarasak, biz JSTning xalqaro normalariga ham moslashish ustida ishlayapmiz. 

-Aholi tomorqalarida tarqalayotgan kasalliklar bilan tashkilot qanday kurashadi?

-Bizning karantin inspektorlarimiz aholi orasida ham ishlaydi. Avval 270 ta xodimimiz bor edi, hozir ular soni 1300 nafardan oshdi. Avvallari bitta inspektor uch-to‘rtta tumanga qarasa, hozir bitta tumanning o‘zida kamida ikkitadan inspektor qo‘yilgan. Nazorat va tartib yanada kuchayadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring