Bitta davlat inspeksiyasi tugatilmoqda
Shavkat Mirziyoyev imzolagan hujjatlar bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etilmoqda.
Agentlik zimmasiga o‘simliklar himoyasi sohasida kompleks nazorat tizimini tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro standart talablari bo‘yicha yetishtirish va faoliyatini to‘liq raqamlashtirish vazifasi yuklatilmoqda.
«O‘zagrokimyohimoya» AJ va uning hududiy «Agrokimyohimoya» AJlari va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat komissiyasi tugatilmoqda.
Ushbu sohadagi tadbirkorlik sub’yektlari Davlat tomonidan 2024 yil 31 dekabrga qadar qo‘llab-quvvatlanadi. Masalan, summasi 10 mlrd so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 barobaridan oshmaydigan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar uchun foiz to‘lovlarining xarajatlari, Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 7 foiz punktdan ko‘p bo‘lmagan qismi kompensatsiya qilinadi.
Shuningdek, «Agrobank» ATB tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan laboratoriyalarni tashkil etish, uskuna va texnikalarni sotib olish hamda aylanma mablag‘lari uchun 200 mlrd so‘mlik kredit liniyasi ochiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter