Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa va olimlarga ustama haq qayta hisoblandi

Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa va olimlarga ustama haq qayta hisoblandi

Foto: xabar.uz

EKIH bekor qilinganligi munosabati bilan qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish davom etmoqda (14.12.2019-yildagi PF-5894-son Farmonga qarang), deb xabar berdi «Norma».

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining boshlarida 50 dan ortiq qonunlarga tegishli tuzatishlar kiritilgan edi.  Hozir Prezidentning 90 ta qaroriga (farmonlar va qarorlar) tuzatish kiritilmoqda.   

Natijada qanday koeffitsiyentlar o‘zgartirilganini ko‘rib chiqamiz (MHEKM 634 880 so‘mni tashkil etadi):

a) 1994-yil 1-sentyabrdan boshlab to‘lanayotgan bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqalar – 70,3% MHEKM (ilgari – 2 EKIH);

b) 2018-yil 1-yanvardan boshlab har oyda to‘lanadigan gonorarlar:

  • Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari hamda sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolariga – 4,22 MHEKM (ilgari – 12 EKIH);
  • sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining muxbir a’zolariga – 2,81 MHEKM (ilgari – 8 EKIH);

v) ish haqi va unga tenglashtiriladigan to‘lovlar naqd pulda to‘lanishi uchun moddiy-mas’ul shaxs (kassir) funksiyasini amalda bajarishda umumta’lim maktablarining ma’muriy-xo‘jalik qismi bo‘yicha direktor o‘rinbosari yoki xo‘jalik mudirining lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha to‘lovlar – MHEKMning 35,2%i (ilgari – 1 EKIH); 

g) 2008-yil 1-sentyabrdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga quyidagilar uchun to‘lanayotgan oshirilgan qo‘shimcha to‘lovlar:

  • guruhga rahbarlik qilish – MHEKMning 35,2%i (ilgari – EKIHning 100%i);
  • yozma ishlarni tekshirish – MHEKMning o‘rtacha 17,6%i (ilgari – EKIHning 50%i);
  • o‘quv va laboratoriya xonalariga mudirlik qilish – MHEKMning 17,6%i (ilgari – EKIHning 50%i).

d) informatika xonasiga mudirlik qilgan umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga ustama haq – MHEKMning 17,6%i (ilgari – EKIHning 50%i);

e) 2018-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zolariga to‘lanayotgan, JShDS solinmaydigan har oylik gonorarlar – 1,41 MHEKM (ilgari – 4 EKIH);

j) 2018-yil 1-apreldan Geologiya davlat qo‘mitasi xodimlarining ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlarni hisoblash uchun belgilangan cheklangan summa – 2,11 MHEKM (ilgari – 6 EKIH);

z) davlat organlarining rahbarlari va xodimlariga davlat xizmatlarini samarali joriy etganligi uchun chorak yakunlari bo‘yicha mukofotlar – 3,52 MHEKM (ilgari – 10 EKIH);

i) 2019-yil 1-maydan sud boshqaruvchilariga har bir yakunlangan tugatish ishi yurituvi uchun to‘lanadigan mukofotlar – 7,03 MHEKM (ilgari – 20 EKIH).

Shuningdek 2019-yil 1-yanvardan prokuratura organlari xodimlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va Kotibiyat xodimlari uchun belgilangan mehnat haqining yangi razryadlari, shuningdek 2018-yil 1-yanvardan joriy etilgan mualliflik haqi bo‘yicha minimal stavkalar tasdiqlandi.   

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.12.2019 yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring