Beeline Uzbekistan yosh IT mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlaydi
11-13 mart kunlari O‘zbekistonda dasturlash va IT texnologiyalari yo‘nalishida tahsil oluvchi yoshlarni birlashtirgan ASTRUMHACK 2022 hakatoni bo‘lib o‘tadi. Ular yangi raqamli mahsulotni yaratish uchun raqobatbardosh vazifani bajarishlari kerak bo‘ladi. G‘oliblar 45 million so‘m mukofot jamg‘armasini o‘zaro taqsimlaydilar. Tadbir Astrum IT Akademiyasi tomonidan IT PARK Uzbekistan, Beeline Uzbekistan dijital operator bilan birgalikda VEON telekommunikatsiya xoldingi ko‘magida tashkil etildi.
Hakatonda 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib (maksimal uch kishi) ishtirok etishlari mumkin. ASTRUMHACK 2022’da ular sog‘liqni saqlash, sayohat va turizm, moliya, ekologiya, qishloq xo‘jaligi va inson resurslari sohalarida biznes muammolarini hal qila oluvchi raqamli mahsulotlarni ishlab chiqadilar. Alohida topshiriqni hakaton tashkilotchisi, hududda tadbir o‘tkaziladigan Astrum IT akademiyasi taqdim etadi.
G‘oliblarga pul mukofotlari topshiriladi. Birinchi o‘rin egasiga 20 million so‘m, ikkinchi o‘ringa 15 million, uchinchi o‘ringa 10 million so‘m pul mukofoti beriladi. G‘olib jamoa Beeline Uzbekistan’ning maxsus sovg‘asiga ham ega bo‘ladi. Yoshlar uchun nomoddiy rag‘bat sifatida ishchi raqamli mahsulotlarni yaratishda mashq qilish va mutaxassislar, shu jumladan VEON kompaniyalar guruhi vakillari bilan muloqot qilish imkoniyati taqdim etiladi.
«Astrum IT Akademiyasi Markaziy Osiyodagi eng yirik akademiya bo‘lib, tez orada talabalar soni bo‘yicha ham eng yirik akademiyaga aylanadi. Bugun biz talabalarimiz va butun IT hamjamiyatining hayotini yanada qiziqarli qilish uchun barcha yo‘nalishlarda ishlamoqdamiz. Buning uchun O‘zbekiston va xorijdagi yetakchi IT-kompaniyalarni hamkorlikka jalb qilamiz. VEON telekommunikatsiya xoldingi Beeline Uzbekistan bilan birgalikda o‘quv jarayonining ko‘plab yo‘nalishlarida bizni qo‘llab-quvvatlash va samarali hamkorlik qilishga tayyorligini bildirganidan juda mamnunmiz. Umid qilamizki, bu hamkorlik davom etadi va yangi sifat bosqichiga chiqadi», — dedi Astrum IT Akademiyasi asoschisi Botir Arifjonov.
«Biz O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ta’lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu sababli, hakaton o‘tkazish g‘oyasi ishtiyoq bilan kutib olindi. Yoshlar uchun bu IT sohasida ilk muvaffaqiyatli qadamlarni qo‘yish, bilimlarini qo‘llash va, albatta, mukofotlar olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ushbu tadbira ular uchun kasbning muvaffaqiyatli boshlanishi bo‘lishini tilayman!» – deya voqeani sharhladi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrzej Malinowski.
ASTRUMHACK 2022 hakatonida ishtirok etish uchun https://form.astrum.uz/hack/ havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish 8 martgacha davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter