Avgust oyida O‘zbekistonda narxlar qanchaga oshgani ochiqlandi
2023-yilning avgust oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
2023-yilning avgust oyidagi istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,6 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgani kuzatilgan.
Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9,0 foizga yetdi.
Yil boshidan buyon iste’mol sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 3,8 foizga o‘sgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter