AKTni rivojlantirish jamg‘armasi «Aloqabank» aksiyalarini sotib oldi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi «Aloqabank»ning 22 foiz aksiyasini sotib oldi. Buni «Toshkent» respublika fond birjasi ma’lumotlari tasdiqlaydi, deb xabar berdi «Spot».
Kelishuv 24-may kuni birjadan tashqari tashkillashtirilgan bozorda erishilgan. Ushbu xariddan so‘ng fond hisobidagi bank aksiyalari soni 620 mingga yetgan va bu «Aloqabank» barcha aksiyalarining 22 foizini tashkil qiladi.
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bankning 50,77 foiz aksiyalarini sotib olgan.
Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994-yil 12-oktyabrda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter