Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Agentlik tugatildi, yangi departament tashkil etildi

Agentlik tugatildi, yangi departament tashkil etildi

Foto: «yuz.uz»

«Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5073-son, 13.04.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-maydan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilib,  uning qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkaziladi.

Shunga ko‘ra, Moliya vazirligiga kapital bozorini rivojlantirish sohasida bir qator vazifalar yuklatildi.

Vazirlik qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish, nazorat qilish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.

Departamentning o‘z faoliyatini bevosita hududlarda olib boradigan xodimlari mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring