Xorazmda yana bir sud xodimi pora bilan qo‘lga olingan
Xabarlarga qaraganda jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudi sudya yordamchisi pora bilan qo‘lga tushgan. Pora miqdori katta emas: ikki yuz ellik ming so‘m!
«Xabar.uz» manbasiga ko‘ra, sudya yordamchisi shu pul evasiga bir fuqaroning ma’muriy suddagi «ishi»ni ijobiy hal etishga va’da bergan. Biroq...
Mazkur voqelik yuzasidan vakolatli organlar tomonidan hozircha hech qanday ma’lumot berilgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi 12 ming AQSh dollarini pora tariqasida olayotganda qo‘lga tushgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter