Muftiylikka asosiy da’vogar kim?
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
U bungacha Toshkent shahar imom-xatibi lavozimida ishlab kelayotgan edi. U bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan birga Shahidlar xiyobonida marhumlarning haqiga duo o‘qigan.
Nuriddin Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida tavallud topgan. 1992 yilda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasini, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007 yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.
Ish faoliyati davomida Andijon viloyati Asaka shahri “Ahmadali Maxdum” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri Yunusobod tumani “Oq tepa” jome masjidi imom-xatibi va O‘zbekiston musulmonlar idorasining Andijon viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilgan.
Eslatib o‘tish kerak, O‘zbekiston musulmonlar idorasining avvalgi rahbari Usmonxon Alimov 15 avgust kuni 71 yoshida vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter