Zulfiya mukofoti tanlovida pora so‘ragan ayol qo‘lga olindi
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning Termiz shahar bosqichida nomzodni viloyat bosqichiga o‘tkazish evaziga 200 AQSh dollari so‘ragan shaxs pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Pora olganlikda ayblangan ayol Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limining ma’naviy-axloqiy, tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘’basi mudiri vazifasida ishlab kelgan. U ismi oshkor etilmagan fuqaroga qizini Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun o‘tkazilgan ko‘rik tanlovning shahar bosqichidan viloyat bosqichiga o‘tkazib berishga va’da bergan. Buning evaziga 200 AQSh dollari so‘ragan.
Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Termiz tuman bo‘limi tomonidan qonunbuzar pora olayotgan vaqtda ushlangan. Unga nisbatan firibgarlik, pora olish va pora berish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter