Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX inspektorida shubha uyg‘otgan yo‘lovchi qidiruvdagi shaxs bo‘lib chiqdi

YPX inspektorida shubha uyg‘otgan yo‘lovchi qidiruvdagi shaxs bo‘lib chiqdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 11-fevral kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani IIB YHXB YPX inspektori M.Sharifboyev belgilangan dislokatsiya bo‘yicha tuman hududida «Avtokon» moslamasi bilan xizmat olib borayotgan vaqtida «Neksiya 3» rusumli transport vositasini to‘xtatgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, inspektor haydovchi bilan mavjud qarzdorlik bo‘yicha suhbat olib borayotgan vaqtida, avtomashina salonidagi o‘zini g‘alati tutgan yo‘lovchiga e’tibor qaratgan. Yo‘lovchi inspektorda shubha uyg‘otgan va fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida u tuman IIBga olib borilgan.

Yo‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tuman IIBda kompyuter bazasiga kiritilganida inspektorning shubhasi to‘g‘ri ekanligi oydinlashgan.

Yo‘lovchi A.O.ga nisbatan Toshkent viloyati, Zangiota tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik)ning 3-qismi «b» bandiga asosan jinoyat ishi ochilib, 2019-yil 20-dekabr kuni qidiruv e’lon qilinganligi ayon bo‘lgan.

Qo‘lga olingan bu shaxs endi qonun oldida o‘z qilmishlari uchun javob beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring