Uyatsiz-buzuq harakat qilgan shaxs ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi voyaga yetmagan qizchaga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganligi haqidagi xabarlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.
Joriy yilning 7 iyun kuni taxminan soat 17.00 larda 1968 yilda tug‘ilgan X.A. Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida, voyaga yetmagan 2015 yilda tug‘ilgan L.S.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter