«Turkiya orqali Angliyaga...» — va’dani quyuq qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.T. fuqarolar T.X. va M.N.ni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishlari evaziga ularning jami 24 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.E. fuqaro D.Sh.ni Turkiya davlati orqali Angliyaga davlatiga mavsumiy ishga yuborishi evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter