Toshkentda «o‘ta xavfli retsidivist»ga hukm o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan 32 yoshli fuqaroning ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Yoshlar» telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, sudlanuvchi muqaddam bir necha marotaba sudlanib, oxirgi marotaba o‘g‘irlik, o‘g‘irlikka suiqasd, qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston hududiga kirish jinoyatlarini sodir etib, ozodlikdan mahrum etilgan.
2022-yil 10-mart kuni u Olmazor tumanidagi 5-xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonadagi shkafdan 47 million so‘mlik tilla taqinchoqlar va 450 dollarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. So‘ng 29 mart kuni tumanning Sebzor dahasidagi xonadonga kirib, 20 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan.
Sudlanuvchi «o‘ta xavfli retsidivist» deb topilgan va Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi bilan 9 yilu 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter