Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bolaning qo‘lini chiqarib qo‘ygan tarbiyachiga jinoyat ishi ochildi 

Toshkentda bolaning qo‘lini chiqarib qo‘ygan tarbiyachiga jinoyat ishi ochildi 

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi «Kids dream baby house» maktabgacha ta’lim muassasasida enaga yordamchisi bo‘lib ishlaydigan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. 

17 noyabr kuni enaga yordamchisi K.G‘. karavotda o‘tirgan bolaning qo‘lidan tortib, qo‘pol tarzda ko‘targan. 18 dekabr kuni berilgan tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bolaning qo‘li chiqib ketgan va o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan. 

Enaga yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 116-moddasi 1-qismi (Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozir dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring