Toshkent propiskasi uchun tayyorlangan hujjatlar qalbaki bo‘lib chiqdi
Olmazor tumanida hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyati bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
22-avgust kuni 28 yoshli A.Olimjon Toshkent shahriga doimiy ro‘yxatga o‘tish uchun ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.
Keyinchalik aniqlik kiritilishicha, u buning uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi nomidan iltimosnoma, 1-sonli Internat uyi nomidan ma’lumotnoma va buyruqlarga imzo hamda muhrlarni qalbakilashtirib, taqdim qilgan ekan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 228 moddasi («Hujjatlar, muhrlarni qalbakilashtirish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter