Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metrosida sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan qiz qamaldi

Toshkent metrosida sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan qiz qamaldi

Toshkent metropolitenining «Alisher Navoiy» bekatida 22-oktyabr kuni 19 yoshli qiz sumkasini tekshirtirayotgan paytda uning ichida bomba borligini aytib hazillashgani uchun ushlanganini yozgandik.

Qiz qamaldi...

Toshkent shahar sudlari rasmiy-telegram kanali xabar berishicha, S.X. (o‘sha qiz) MJtKning 183 va 199-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga ushbu kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Mazkur qaror ustidan apellyasiya shikoyati (protesti) qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda berilishi mumkinligi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring